“Bulung‘ur – Agro Star” MChJ Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida zamonaviy polikarbonatli issiqxona kompleksini qurish, uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish ishlari bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qilishini ma’lum qiladi.
12×40 metr o‘lchamdagi 3 dona polikarbonatli issiqxona kompleksi hamda quyidagi tizimlarni yetkazib berish va o‘rnatish:
Metall konstruksiya;
8 mm uyali polikarbonat qoplama;
Shamollatish tizimi;
Sovutish va ventilyator tizimi;
Isitish tizimi;
Elektr ta’minoti tizimi;
Sug‘orish va irrigatsiya tizimi;
IoT asosidagi aqlli boshqaruv tizimi;
Oziqlantirish eritmasi nazorat tizimi;
Ko‘chat stollari va stellaj tizimi;
Qurilish-montaj ishlari;
Transport va ishga tushirish xizmatlari.
Asosiy texnik ko‘rsatkichlar:
Issiqxona turi: polikarbonatli;
Soni: 3 ta;
Har birining o‘lchami: 12 m × 40 m;
Umumiy maydon: 1440 m²;
Tom balandligi: 5 m;
Yon devor balandligi: 4 m.
Tijorat takliflariga qo‘yiladigan talablar:
Korxona haqida ma’lumot;
Shu kabi loyihalar bo‘yicha tajriba;
Texnik va moliyaviy taklif;
Yetkazib berish muddati;
Kafolat shartlari;
Soliq va ro‘yxatdan o‘tganlik hujjatlari.
Tanlov mezonlari:
Taklif narxi;
Uskuna sifati;
Kafolat muddati;
Loyihani amalga oshirish muddati;
Kompaniyaning tajribasi va ishonchliligi.